2024- yilning yanvar – avgust oyida aholi jon boshiga qurilish ishlari hajmi 1 679,3 ming so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,9 %ga oshdi.
MA’LUMOT UCHUN: 2024- yilning yanvar – avgust oyida aholi jon boshiga qurilish ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahrida – 5 468,4 ming so‘m, Marg‘ilon shahrida – 2 967,1 ming so‘m, Quvasoy shahrida – 2 138,4 ming so‘m miqdorida yuqori hajmlar qayd etildi.