Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o‘sishiga ko‘maklashadi va bu o‘z navbatida maʼlum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Viloyatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eksportyorlar soni 632 taga yetdi va ular tomonidan 555,6 mln AQSH dollari tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 16,8 % ga ko‘paydi.