Aholini ro‘yxatga olish jarayoni natijalari asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida va boshqa shu kabi ma’lumotlar joriy yilning 8-oktabr kuni O‘zbekiston tumanidagi kasb-hunar maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirokida tashkil etilgan o‘quv seminarida aytib o‘tildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazulova qatnashdi.