09/10/2024

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning  barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 7-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Bag‘dod tumanidagi  “Chuvalanchi” MFYda istiqomat qiluvchi U.Abdullayevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib,  respondentdan olingan  barcha ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.