10/10/2024

2024-yil yanvar-avgust oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 216,7 mln AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 27,8 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 39,0 % ni tashkil etdi.


Ma'lumot uchun: meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya - 75,9 %, Qozog‘iston - 10,2 % hamda Qirg‘iz Respublikasi -9,8 % ga to‘g‘ri kelgan.