To‘qimachilik mahsulotlarining eksporti hajmlarining oshishi bevosita paxta xom-ashyosini o‘rniga tayyor mahsulot ishlab chiqarish va qo‘shimcha qiymat yaratish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasi sifatida qarash mumkin. Xususan, 2024-yil yanvar-avgust oylari yakuni bo‘yicha 196,5 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 35,4 % ini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 3,7 % ga ko‘paydi. Yil boshidan 135 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 43 ta davlatiga eksport qilindi.
Shundan:
Paxta ip - 126,7
Trikotaj mato - 8,6
Gazla,alar - 6,8
Ipak va boshqa mahsulotlar - 16,3
Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari - 38,1 mlrd so‘mlik mahsulotlar eksport qilingan.