Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan birgalikda reja-jadval asosida mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 9-oktabr kuni Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan Toshloq tumaniga qarashli “Besarang” MFYda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mahallada raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi aniqlandi. Bundan tashqari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligiga axborot kiritish ishlari amalga oshirildi.