10/10/2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 6-maydagi "O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’sirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-73-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Milliy strategiya"da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Farg‘ona viloyatida giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha “Dolzarb oylik” o‘tkazilmoqda. Xususan, joriy yilning 10- oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida ham giyohvandlikka qarshi kurashish bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda FarDU o‘qituvchisi A.Nishonov, Narkologiya dispanseri narkologi A.Toxirov, “Xo‘jamberdi boy” masjidi imom xatibi X.Tursunzodalar qatnashdilar.
Tadbir davomida giyohvandlikning jamiyatga yetkazayotgan zarari, yoshlar o‘rtasida uning oldini olish chora-tadbirlari va ularni sog‘lom hayotga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy masalalar muhokama qilindi. Mutaxassislar o‘z ma’ruzalarida giyohvand moddalarning inson salomatligiga xavfli ta’siri, ayniqsa, yoshlar o‘rtasidagi uning keng tarqalishi bilan bog‘liq muammolarga alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, giyohvandlik va unga bog‘liq jinoyatlarning diniy va axloqiy jihatlarini tushuntirib o‘tildi. Mahalliy aholi bilan olib borilayotgan profilaktik ishlar va ta’lim-tarbiya tizimida ularni ogohlikka chorlash muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.


Axborot xizmati.