2024- yil yanvar – avgust oylarida Farg‘ona viloyati 63 ta davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yetti yirik hamkor davlatlar (XXR,Rossiya Qozogʻiston, Turkiya, Qirg‘iz Respublikasi, Koreya Respublikasi va Hindiston) bo’lib jami importdagi ulushlari 88,5 % tashkil etdi.
Viloyat tashqi savdo aylanmasi importi tarkibida eng yuqori ulushni Farg‘ona shahar 25,9 % ulush bilan 208,3 mln AQSH dollarini, eng quyi ulushni esa Rishton tumani 0,3 % ulush bilan 2,2 mln AQSH dollarini tashkil etdi.