11/10/2024

2024- yil yanvar-avgust oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 271,6 mln AQSH dollarini tashkil etib, 2023- yilning shu davriga nisbatan 15,4 % ga kamaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 33,8 % ga yetdi.

Ma'lumot uchun: hisobot davrida mashina va transport asbob-uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 49,3 mln AQSH dollariga kamaydi. Ushbu tovarlarni Farg‘ona viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 204,4 mln AQSH dollari, Hindiston — 9,9 mln AQSH dollari va Turkiya– 10,7 mln AQSH dollariga toʻgʻri keldi.