11/10/2024

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning  barcha hududlarida uy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 10-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Farg‘ona tumanidagi “Soy bo‘yi” MFYda istiqomat qiluvchi A,G‘ofurovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib,  fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.