14/10/2024

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni taʼminlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi kunda mazkur sohani jadallik bilan rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning safini yanada kengaytirish va rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.Jumladan,2024-yil1-oktabr holatiga viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni fermer va dehqon xo‘jaliklaridan tashqari 38,3 mingtani tashkil etdi. Ulardan kichik korxona va mikrofirmalar 32,1 mingtaga yetdi.