Joriy yilning 15-oktabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi M.To‘xtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Dang‘ara tumaniga qarashli “Taptiqsaroy” MFYda istiqomat qiluvchi S.Xasanovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Respondentdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.