15/10/2024

Farg‘ona viloyatining elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan 2024-yil yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1 743,4 mlrd so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,9 % ni) tashkil etdi. Sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 605,3 mlrd so‘mga ko‘payganligi kuzatildi.

Shundan:
Elektroenergiya - 228,6 mln kVt s
Issiqlik energiyasi - 848,9 ming gkal miqdorida qayd etildi.