Hisobot davrida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 12 914,2 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushi 51,3 % ni tashkil etdi. Yillar kesimida taqqoslaganda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi o‘sib borayotganligini kuzatish mumkin. Ushbu ko‘rsatkich viloyatda kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlariga aholining talabi o‘sib borayotganligini hamda eksport hajmi ko‘payotganligini bildiradi.