16/10/2024

Joriy yilning 16-oktabr kuni  Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi N.Qodirova tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Yozyovon tumaniga qarashli “Yuqori” MFYda istiqomat qiluvchi Yu.Qurbonovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Xonadon a’zolaridan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.