17/10/2024

O‘zbekiston Respublikasida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning chuqur o‘ylangan strategiyasi izchil amalga oshirilmoqda. Davlatimiz iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarining muhim tarkibiy qismlaridan biri meva-sabzavot yetishtirishga qaratilgan. Bunday yondashuv aholi ehtiyojlarini to‘liq ta’minlash, ularning salomatligini saqlash va bandlik shart-sharoitlarini yaratishda asosiy yo‘nalishlardan biriga aylandi. 2024-yil 1-oktabr holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklari soni 10 523 tani tashkil etdi.

Hududlar bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining salmoqli qismi:
Rishton tumani -1220 ta
O‘zbekiston tumani – 1112 ta
Quva tumani – 959 taga to‘g‘ri keladi.