17/10/2024

Joriy yilning 17- oktabr kuni, Yozyovon tumaniga qarashli 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda, viloyat statistika boshqarmasining yetakchi mutaxassisi M.Fazilova qatnashib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11- noyabr kungi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyati haqida qisqacha ma’lumot berib, aholini royxatga olish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash, mehnat resurslarini o‘rganishga qaratilganligi haqida to‘xtalib o‘tdi.