18/10/2024

Joriy yilning 18-oktabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Sh. Zokirov  "Narx statistikasi" bo‘limi boshligi A.Pazilov hamda Marg‘ilon shahar statistika bo‘limi boshlig‘I R. Karimovalar ishtirokida oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha “Iste’mol narxlari indeksi” oylik kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida dislokatsiya obyektidagi mahsulotlarning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi. Bundan tashqari “Iste’mol narxlari indeksi” kuzatuvining 2025-yilga tayyorgarlik ishlari bilan tanishib, o‘z taklif va mulohazalarini bildirdilar.