22/10/2024

Joriy yilning 21-oktabr kuni  Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi D.Ortiqov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Qo‘qon shahriga qarashli “Afg‘onbog‘” MFYda istiqomat qiluvchi Sh. Mirzaakbarovalar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Xonadon a’zolaridan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.