Tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ichki ishlar xizmatini yaxshilash, favqulotda vaziyatlar holatida ishlarni tashkil etishda manzillarni tez va to‘g‘ri topib borishda uylarni raqamlanganligi va ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi alohida o‘rin tutadi. Shu bois Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rganishlar olib borilmoqda. Jumladan, joriy yilning 21-oktabr kuni mazkur bo‘lim boshlig‘I A.Abdurazakov tomonidan Farg‘ona shahridagi “Lolazor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.