23/10/2024

Aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida viloyatimiz hududlarida statistika organlari tomonidan mahalla faollari bilan hakorlikda mahallalardagi raqamlanmagan xonadonlarga raqam o‘rnatilganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalar holatini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Joriy yilning 22-oktabr kuni  Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan Furqat tumaniga qarashli “O‘rtaqo‘rg‘on” MFYda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida mahallada raqamlashtirish ishlari to‘liq yakuniga yetkazilmaganligi va nom belgilari o‘rnatilmagan ko‘chalarning mavjudligi aniqlandi. Ushbu o‘rganish natijasiga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan  tuman hokimligiga axborot kiritish ishlari amalga oshirildi.