23/10/2024

 Joriy yilning 21-oktabr kuni  Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi R.Vahobov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Quva tumaniga qarashli “Bahor” MFYda istiqomat qiluvchi K.Vevetovlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida xonadon egalariga respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilayotgani haqida tushuncha berildi. Respondentdan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.