Joriy yilning 22-oktabr kuni Furqat tumaniga qarashli 3- umumiy o‘rta ta’lim muassasasining yuqori sinf oquvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish yuzasidan seminari tashkil etildi.Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova ishtirok etdi.
U o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib, aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlari “ijtimoiy himoya”, “investisiya”, “uy-joy”, “sog‘liqni saqlash”, “madaniyat”, “turizm”, “ta’lim”, “yo‘l qurilishi va infratuzilma” kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishida xizmat qilishi, kelgusida aholini ro‘yxatga olish natijalariga asoslanib, ushbu dasturlarni amalga oshirish, iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishda muhim o‘ringa ega ekanligi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Axborot xizmati.