23/10/2024

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan hududlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Chunonchi, joriy yilning 22-oktabr kuni mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan Dang‘ara tumaniga qarashli “Bo‘riqum” MFYda bo‘ldi. U mahalla xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi sonini hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, mahalla faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.


Axborot xizmati.