24/10/2024

2024-yilning yanvar-sentabr oylarida 16 607,4 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, ularning 71,6 % i yoki 11 855,2 mlrd so‘mi jalb etilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilgan bo‘lsa, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 28,4 % yoki 4 722,2 mlrd so‘m moliyalashtirildi. Jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, 2023- yildagi ulushiga nibatan 6,5 % punktga kamaydi, 7,6 % ni yoki 1 267,8 mlrd so‘mni  tashkil  etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan15 339,6 mlrd so‘m yoki jami investitsiyalarning 92,4 % o‘zlashtirilib,  2023-yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,5 % punktga ko‘paydi.