Joriy yilning 25-avgust kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i Sh.Mamadaliyev qatnashib, 2024-yil 27-oktabr kuni mamlakatimizda kutilayotgan ulkan siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi o‘tkazilishi va bu saylovlarda tizim xodimlari faol qatnashib, o‘z siyosiy huquqlaridan foydalangan holda, munosib nomzodga ovoz berishlari haqida so‘z yuritdi.
Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov sozga chiqib, saylovlar birinchi marta majoritar-proporsional (aralash) tizim asosida o‘tkazilayotganligi, bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linayotganligi, parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim (nomzod uchun ovoz berish), qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya ro‘yxati asosida) saylanishi haqida so‘z yuritdi.
Bundan tashqari, siyosiy partiyalarning rolini oshirish uchun aralash saylov tizimiga o‘tish taklifi mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan deputatlar bilan uchrashuvda ilgari surilganligi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendumdan so‘ng majoritar-proporsional saylov tizimini joriy etilishi, shu jihatdan olib qaraganda, mamlakatimizning milliy saylov qonunchiligi, amaliyoti va saylov komissiyalari tizimidagi sifat o‘zgarishlari inson qadri har narsadan ulug‘ degan hayotbahsh g‘oyaga mos ravishda takomillashib borayotganligi, Yangi O’zbekistonda saylovlar va referendumga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish falsafasida ana shu yorqin milliy g‘oya aks topayotganligi, raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda milliy saylov amaliyotiga “E-saylov” axborot tizimi joriy etilganligi, ushbu zamonaviy tizimning afzalligi – saylov komissiyalarining siyosiy partiyalar, nomzodlar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari bilan qariyb 60 turdagi munosabatlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirilishi, saylov jarayonining jami 400 mingga yaqin ishtirokchisi, jumladan saylov komissiyalari a’zolari, deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilarga oid katta ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi, tizimdan 32 ming nafar saylov jarayoni ishtirokchisi professional tarzda foydalanishi va qirq turdagi SMS-xabarnomalar orqali muloqot qilishi, “E-Saylov” axborot tizimida fuqarolar uchun ham saylovga oid axborotlarni olishda bir qator qulayliklar joriy etilganligi, xususan, axborot tizimi saylovchilar va saylov uchastkalariga oid statistik ma’lumotlarni olish, barcha turdagi saylovlar bo‘yicha deputatlikka nomzodlar haqida axborotga ega bo‘lish, interaktiv xaritalarda deputatlikka nomzodlar va ularning tarjimai holi bilan tanishish haqidagi ma’lumotlar berildi.
Tadbir so‘ngida boshqarma xodimlarini mazkur saylovda faol qatnashishlari hamda mamlakatimiz kelajagi va ravnaqi uchun munosib nomzodlarga ovoz berishlariga chaqirildi.
Axborot xizmati.