28/10/2024

Kuni kecha, Uchko‘prik  tumaniga qarashli 23- umumiy o‘rta ta’lim maktabininig yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarli ko‘rish va uni o‘tkazishga bag‘ishlangan o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.  Seminarda, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi M. Fazilova ishtirok etdi. U o‘z so‘zida,  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2024-yil 4-mart kungi “O‘zbekiston Respublikasida Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-114-son qarorining mazmun va mohiyatiga to‘htalib,   O‘zbekiston Respublikasi aholisi va uning farovonligi to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumot, uzoq muddatli prognozlar va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, yangi ish o‘rinlari tashkil etish, barqaror rivojlanish Milliy maqsadlari indikatorlarini shakllantirishda muhim manbaa ekanligi haqida ma’lumot berib o‘tdi.