06/11/2024

Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 6-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi O.Holbekov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Buvayda tumanidagi “Dotxo” MFYda istiqomat qiluvchi R.Boynazarov xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, respondentdan olingan barcha ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.