2024-yilning 6-noyabr kuni Qo‘qon shahar statistika bo‘limi supervayzeri A.Yigitaliyevlar tomonidan Qo‘qon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazilmoqda. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.