Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan hududlarda aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda. Chunonchi, joriy yilning 5-noyabr kuni mazkur bo‘lim yetakchi mutaxassisi M.Fazilova Buvayda tumaniga qarashli “Qoraqum” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqqan holda raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, mahalla faollari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.