Joriy yilning 21-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasida Farg‘ona viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining media-rejasiga asosan viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limining 9 oylik yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjimanda statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F. Yakubov hamda Statistika faoliyatini tashkil etish va yig‘ma axborot-tahliliy ishlari bo‘limi boshligi A. Ibrohimovlar qatnashdilar. Tadbirni F. Yakubov kirish so‘zi bilan ochib, u xususan, 2024- yilning yanvar-sentabr oylarida Farg‘ona viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 63 620,4 mlrd so‘mni tashkil etganligi, 2023- yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 6,9 % ga o‘sganligi, YAHM deflyator indeksi 2023- yilning yanvar-sentabr oylari narxlariga nisbatan 110,9 % ni tashkil qilganligi, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Farg‘ona viloyatining qo‘shgan hissasi 6,3 % ga yetganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shundan so‘ng mazkur bolimning boshligi A.Ibrohimov so‘zga chiqib, bo‘limning bevisita bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bo‘lim boshqarmaning barcha tarmoqlardan olingan ma’lumotlarni to‘plashi, tahlil qilishi va yakuniy ma’lumotlarni e’lon qilishi haqida batafsil ma’lumot berdi. Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari tomonidan demografiya, sanoat va xizmatlar sohalariga oid berilgan savollarga slaydlar va jadvallar yordamida javoblar qaytardilar.
Axborot xizmati.