Barcha joylardagi kabi Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan ham joylarda aholini ro‘yxatga olish yuzasidan tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, joriy yilning 20-noyabr kuni mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi B. Ahadjonov tomonidan Farg‘ona shahriga qarashli “Al-Farg‘oniy” mahalla fuqarolar yig‘inida bolib, mahalla faollari bilan hamkorlikda mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi, aholi soni hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi.