Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida viloyatimizning barcha hududlaridauy xo‘jaliklari so‘rovnomasi o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 12-dekabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari bo‘limi mutaxassisi M.To‘xtamatov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuviga tushgan Oltiariq tumanidagi “Yuksalish” MFYda istiqomat qiluvchi N.Yoldashevlar xonadonida so‘rovnoma o‘tkazilib, fuqarodan olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.