2025-yilning 1-yanvar holatiga koʻra,barcha toifadagi xoʻjaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni 952,3 mingtaga yetdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 102,1% ni tashkil etdi.Qo‘y va echkilar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 845,7 ming bosh dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.