17/02/2025

Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududidagi 270 gektar maydonida “yashil belbog‘” loyihasiga start berildi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, boshqarma va tashkilotlar mutasaddilari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar. Xususan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tarmoq va hududiy bo‘lim rahbarlari va xodimlari ham mazkur loyihada faol ishtirok etdilar.


Axborot xizmati.