17/02/2025

2025-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar bosh soni 8 961,8 mingtaga yetdi. 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 103,9 % ni tashkil etdi.Parrandalar bosh sonini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, eng katta hajmi 5 369,5 ming bosh dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim. Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, o‘tgan yilga nisbatan eng yuqori o‘sish sur’atlari Furqat (119,7 %), Bag‘dod (117,8 %), Toshloq (117,4 %), Uchko‘prik (112,6 %) tumanlarida qayd etildi.