Joriy yilning 28-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘ilgan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevral kungi “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi O‘RQ-1036-son hamda O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevral kunidagi “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-1037-son qonunlarining mazmun va mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. U xususan, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ekanligi, davlat ekologik ekspertizasining xulosasi atrof-muhitga ta’sirni baholash materiallari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan e’tiboran 3 yil mobaynida, ekologik normativlar loyihalari bo‘yicha – xulosa berilgan kundan kundan e’tiboran 5 yil muddatlarda yuridik kuchga ega bo‘lishi haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng kun tartibiga qo‘yilgan ikkinchi masala - O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi tasdiqlanganligi, Konsepsiya vijdon erkinligiga bo‘lgan huquqni va O‘zbekiston Respublikasi dunyoviy davlat ekanligiga oid konstitutsiyaviy qoidalarni ro‘yobga chiqarish hamda diniy sohadagi davlat siyosatining maqsadi, vazifalari, prinsiplarini va ustuvor yo‘nalishlarini belgilanishi, Konsepsiya davlatchiligimiz rivojining boy milliy-tarixiy tajribasiga va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda ishlab chiqilganligi, ko‘pmillatli va ko‘pkonfessiyali O‘zbekistonda umumjamiyat manfaatlarini ro‘yobga chiqarish, demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik asosida o‘zaro totuvlikda yashash hamda izchil taraqqiy etish uchun zarur barqaror muhitni ta’minlashga qaratilganligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi.