11/03/2025

       Joriy yilning 4-mart kuni Sanitariya-epidimologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bosh yuriskonsulti A.Nurmatov qatnashib, kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ–707-son qonunining mazmun va mohiyati haqida ma’ruza qildi. Qonunga ko‘ra, statistika agentligi faoliyatiga oid huquqiy munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilinganligi,   statistikani yuritish sohasidagi xalqaro tajribadan kelib chiqib, “Rasmiy statistika” tushunchasi kiritilganligi,  Amaldagi davlat statistikasitushunchasi o‘rniga rasmiy statistikatushunchasining qo‘llanilishi orqali rasmiy statistikaning qamrov doirasi, uning sifatiga talablar hamda foydalanuvchilarga taqdim etilayotgan axborotlarning huquqiy maqomi belgilanganligi, davlat statistikasi faqat statistika organlari tomonidan shakllantirilgan ma’lumotlarni nazarda tutgan bo‘lsa, rasmiy statistika — mamlakatdagi barcha tayyorlovchilar tomonidan ushbu qonunga muvofiq shakllantiriladigan va tarqatiladigan statistik ma’lumotlarni bildirishi, ushbu qonun bilan belgilangan qoidalariga mos kelmaydigan statistika rasmiy statistika sifatida qabul qilinmasligi belgilab qo‘yilganligi haqida shu va boshqa ma’lumotlar berildi.  Bundan tashqari kun tartibiga kiritilgan - “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunining jamiyat va davlat uchun ahamiyati” mavzusida ma’ruza tinglandi. Mazkur qonun manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish, unga oid munosabatlarni aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvi haqida axborotni oshkor qilish va uni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashi, shuningdek, qonun davlat tashkilotlaridagi xodimlarning huquq va majburiyatlarini aniq tartibga solishi, bu avvalo har qanday sohadagi rivojlanish illati bo‘lmish korrupsiya holatlarining oldini olish, ya’ni shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyini shaxsiy manfaatlari maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi yo‘lidagi xatti-harakatlarining bir qismini bartaraf etish, davlat budjetining (xalq mablag‘i) noqonuniy o‘zlashtirilishining oldini olish, davlat tashkilotlarida mehnat munosabatlari va davlat xaridlarining ochiqligini va shaffofligini ta’minlanishi, qonun davlat organlariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek, ustav fondida davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan tatbiq etilishi haqida shu va boshqa ma’lumotlar berildi.