2025-yilning yanvar oyida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish va boshqa tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 95,1 mlrd so‘m miqdorida qayd etilib, qurilish ishlari 2024-yilning mos davriga nisbatan 153,7 % ni tashkil etdi. Jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2024-yilning yanvar oyidagi ko‘rsatkich darajasidan 3,9 % punktga ko‘payib, 13,3 % ni tashkil etdi.