Viloyatimizning 107 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 374 ta oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kredit olgan fuqarolar tomonidan tashkil etilgan issiqxonalar, asalari oilasi, baliqchilik, poliz ekinlari yetishtirish, qoramol, qo‘y va echki hamda parrandalar bosh soni o‘rganishga qaratilgan so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Jumladan, joriy yilning 17- mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev hamda Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi Ya. Esonmirzayevlar ishtirokida Toshloq tumanidagi "Chuqurqishloq" MFYda istiqomat qiluvchi A. Niyozov ( 2 ta 200 kv m dan jami 400 kv m) hamda S. Mo‘sajonov ( 1100 kv m) xonadonlaridagi issiqxonalarda sabzavot ekinlari yetishtirilayotganligi kuzatildi.