18/03/2025

2025-yil 1-mart holatiga Farg‘ona viloyatida sanoat sohasida 5 811 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Sanoat korxonalari soni jami korxona va tashkilotlarning16,3 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan, 94,1foizini ishlab chiqarish sanoati, 2,8 foizini tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash, 2,0 foizini elektr, gaz bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash va1,1 foizini suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi,chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tashkil etgan.