Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2025-yilning 1-mart holatiga, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan har uchinchi korxona savdo sohasida faoliyat yuritadi, ularning 99,6 foizi yoki 11 969 tasi kichik biznes subyektlariga to‘g‘ri keladi. Savdo sohasining yo‘nalishlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
-avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo yo‘nalishi - 58,2 foiz ulushni tashkil etdi;
-avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdo yo‘nalishida - 33,2 foiz ulushni tashkil etdi;
-avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlash yo‘nalishida - 8,6 foiz ulushni tashkil etdi.
19/03/2025