Joriy yilning 19-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi binosida Farg‘ona viloyati hokimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasining media-rejasiga asosan viloyatda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida “Aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda viloyat statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i A.Abdurazakov qatnashdi. Anjuman davomida joriy yilning yanvar-mart oylarida aholini ro‘yxatga olishning mazmun mohiyatini keng ommaga tushuntirib borish yuzasidan mahalliy televideniyada 2 ta teleko‘rsatuv, radioda 12 ta eshittirish, gazeta va jurnallarda 18 ta maqola, rasmiy veb-saytlarda 309 ta maqola va tezislar, oliy o‘quv yurti va tashkilotlarda 90 dan ortiq davra suhbatlari amalga oshirilganligi, shu bilan birga viloyatda 1 062 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud bo‘lib, jami ko‘chalar soni 8 970 tani undagi jami xonadonlar soni 791 211 tani tashkil etganligi, shundan raqamlanmagan xonadonlar soni 8 781 tadan viloyat boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘limlari, kadastr va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 4 334 ta xonadonlarga uy raqam belgilari o‘rnatilishiga erishilganligi, qolgan 4 447 ta xonadonlarda raqamlashtirish ishlari davom etayotganligi haqida atroflicha tushuncha berildi. Bundan tashqari, aholini ro‘yxatga olish tadbirini sifatli va xalqaro talablarga mos ravishda o‘tkazish shu bilan birga o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va statistika sohasida tajriba almashish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasi (KOSTAT) tomonidan tashkil etilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha treningda Milliy statistika qo‘mitasi delegatsiyasi qatnashganligi, unda aholining ro‘yxatga olishning ilg‘or usullari va texnalogiyalarini, ro‘yxatga olish jarayoning barcha uchun maqbulligining tahlil qilish hamda ma’lumotlarni qayta ishlashning zamonaviy usullari bo‘yicha tajriba almashganliklari haqida ham qo‘shimcha ma’lumotlar berildi. Tadbir so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Axborot xizmati.