20/03/2025

Xalqimiz asrlar davomida odamlarni ma’nan birlashtiruvchi, ular qalbida ezgu fazilatlarni yanada mustahkamlovchi, insoniylik, mehr-muruvvat g‘oyalarini ozida mujassam etgan Navro‘zni qut-baraka va to‘kinchilik bayrami sifatida nishonlab kelmoqda.

Bayram arafasida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tizimida uzoq yillar mobaynida mehnat qilib, xozirgi kunda nafaqalik gashtini surayotgan bir necha faxriylar holidan xabar olindi.
Shu fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Navro‘zi olam bilan chun yurakdan tabriklaymiz. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz! Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!