20/03/2025

Joriy yilning 20-mart kuni Farg'ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirbir tashkil etildi. Tadbirda boshqarmaning Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo'limi boshlig’I M.Valiyeva so'zga chiqib, Navro'z bayramining qachon vujudga kelgani haqida ma’lumotlar berdi. Xususan, Navro'zning tarixini 25–30 asrga ega deb taxmin qilish mumkinligi, eng qadimgi yozma manbalardan biri – zardo'shtiylikning muqaddas kitobi “Avesto”da ham Navro'z haqida fikrlar bildirilganligi, unga ko'ra, bahor qaytishi yaxshilikning yovuzlik ustidan g'alabasini anglatishi haqida oz fikrini davom ettirar ekan, u «Navro'z» iborasi asli forscha so'z bo'lib, «Yangi kun» degan ma'noni ifodalashi, Milodiy yilning yigirma birinchi martiga to'g'ri kelishi haqida shu va boshqa ma’lumotlarga toxtalib otdi.