25/03/2025

2025- yilning yanvar-fevral oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 53,8 % to‘g‘ri kelib, 2024- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 4,2 punktga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 106,0 %ni tashkil etgan holda 859,5 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.

MA’LUMOT UCHUN: joriy hisobot davrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan eng yuqori ulush ko‘rsatkichi Farg‘ona shahrida (263,0 mlrd so‘m yoki umumiy hajmga nisbatan 30,6 %), Qo‘qon shahrida (75,6 mlrd so‘m yoki 8,8 %), Dang‘ara tumanida (51,5 mlrd so‘m yoki 6,0 %) ga to‘g‘ri keldi.