27/03/2025

2025- yil 1- mart holatiga tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, ikkinchi o‘rinni xususiy korxonalar egallagan. Hisobot davrida mazkur korxonalar soni 5 181 tani tashkil etdi. Xususiy korxonalar sonining eng ko‘pi quyidagi hududlarda qayd etilgan Farg‘ona shahrida– 894 ta, Marg‘ilon shaharida– 352 ta va Farg‘ona tumanida– 351 ta. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan savdo sohasida– 2 268 ta, sanoat– 915 ta, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida– 466 ta va sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish– 279 ta.