Farg‘ona viloyatida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi o‘qituvchilarning asosiy qismini ayollar tashkil etgan – 76,4 % (45,3 ming kishi), erkaklar esa 23,6 % ni (14,0 ming kishi) tashkil etgan. Eng yuqori ayol-o‘qituvchilar ulushi Farg‘ona sh ( 8,2 %) to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, So‘x tumanida esa bu ko‘rsatkich nisbatan pastroq bo‘lgan (0,9 %). O‘qituvchilarning eng katta qismi Farg‘ona shahar (4,5 ming kishi) va Buvayda (4,2 ming kishi) tumanida qayd etilgan, boshqa viloyatlarga nisbatan eng past ko‘rsatkichlar Quvasoy shahar (1,4 ming kishi) hamda So‘x (1,5 ming kishi) tumaniga to‘g‘ri kelgan.