Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining bergan ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 1-aprel holatiga Buvayda tumanida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 923 tani, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 1 400 tani va yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 99 tani tashkil etdi.
Shundan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganida:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 53 ta
Sanoatda – 221 ta
Qurilishda - 51 ta
Savdoda – 543 ta
Tashish va saqlashda – 26 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 52 ta
Axborot va aloqa – 25 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 74 ta
Boshqa turdagi xizmatlar – 355 taga to‘g‘ri keldi.